Yonish kerak. Chang bo‘ronlariga borish, yorug‘lik ifloslanishi nolga teng joylarga yo‘l olish lozim. Kuchsiz antenna va quloqni kar qiluvchi sukunat hukm surgan joyga. Miniatyura tajribasiga sayohat. Hech kim hech qachon sotib olishni istamasa ham, go‘zallik yaratishni tanlang. Dunyo qulab tushayotgandek raqsga tushing, chunki ma’lum ma’noda shunday. Prinsipial bo‘lishni tanlang, chunki prinsiplardan voz kechish orqali biz xaosni chiqarib yuboramiz. Har qanday kontent va fikrlarni tanqid qilishni tanlang. Marketing — bu shunchaki yaxshi tanlangan simulyakr xolos.
Bo‘shliq — yo‘qlik degani emas.
Bu tozalik.
Bu hamma narsaning boshlanishi. Bir vaqtlar, juda uzoq o‘tmishda sen bu yerda bo‘lgansan. Mutlaq poklik, yarim unutilgan va mutlaqo muqaddas xotiralarning xira sharpasidan boshqa iz qoldirmaymiz. Yorug‘lik tezligida soyalar bilan g‘oyib bo‘lishni tanla, fazoni egib, elektronning orbitasi yo‘q, yuragim raketa kabi portlayapti, men nur shu’lalarini, zumrad bug‘doy dalalaridagi to‘lqinlarni ko‘ryapman, tubsizlikning kaleydoskopik go‘zalligiga boqib, men ko‘k hoshiyali cho‘qqilarni, ayoz va quyoshni ko‘raman, qanotlarda muz qotadi, ko‘chalar ayniqsa yomg‘irdan so‘ng o‘zgacha hid taratadi, men to‘rni ko‘raman va ufq sari yuguraman, havo billurdek toza, mavjud narsalardan boshqa hech narsa yo‘q, replikantlar sinovidan o‘tish, Nils Bor Maks Plank bilan uchrashdi, glitserin trinitrat qipiq bilan aralashadi, Stravinskiy - Shtokxauzen, U-235 n0 bilan uchrashdi, Kuning - Pollok, tuxum hujayra - gameta, materiyaga qarshi kuch, chiziq, bo‘shliq, topologiya, o‘tkazib yuborish, lakuna, oraliq, ellipsis, nol, bo‘shliq, sukunat, Korolyov fon Braun bilan uchrashdi, og‘riqni parchalash uchun mushtlarimni unga bosaman, Armageddon ichida uxlab qolib, uzoq-uzoqdagi aks-sadolarni eshitaman, jingalak sochlaring aqldan ozdiradi, meni spiral kabi olib ketadi, ayt, qachon Ulissni tugatasan, yana, yana va yana...
Uyg‘onish va kamtarlik.
Hamma narsani yoqib yuborish kerak — har bir filtr, har bir layk, sevimlilikni his qilish uchun o‘zingizni o‘rab olgan har bir yolg‘onni.
Brendlarsiz
O‘tmishsiz
Kelajaksiz
Men ham shu yerda qolaman,
sokin,
o‘sha bo‘shliq chegarasida,
toki sen bor ekansan.
So‘zsiz.
Vazifasiz.
Shunchaki bor bo‘l.
Shuning o‘zi yetarli.

Biz Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas bepoyon kengliklaridagi vaqtinchalik manzilgohmiz.
"Stihia" festivali tomonidan o‘ylab topilgan va tashkil etilgan bu loyiha festival emas, balki ijodiy tajriba va o‘zaro almashish jamoasidir.
Manzilgohimizda tomoshabinlar yo‘q, faqat ishtirokchilar, bunyodkorlar, orzumandlar va sayyohlar bor.
Installyaciya qo‘llanmasini bu yerda yuklab olishingiz mumkin.
YONAR
11-13 Sentyabr 2025
Borsakelmes
Yangiliklarni kuzatib boring...

2025 © Barcha huquqlar himoyalangan. Stihia festivali. Foto: Timur Karpov